"Registon" guruhi 2005-yilda mohir sozandalar va yakkaxon xonandadan iborat bo'lgan tarkibda tashkil etilgan professional guruh. Guruhning tashkilotchisi va badiiy rahbari O'zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, respublika tanlovlari laureati, dutor bas va ud cholg'ulari ijrochisi Zulxorbek Turapov.
Guruh tarkibida iste'dodli, oliy darajadagi usta san'atkorlardan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, respublika tanlovlari g'olibi Komiljon Shermatov (chang, qonun), Maqom ijrochilari respublika tanlovi Gran pri sohibi O'tkir Qodirov (g'ijjak, sato), respublika tanlovi go'libi Nazira Tursunova (rubob prima), respublika tanlovi go'libi Elmurod Shoxakimov (doira, urma zarbli cholg'ular), Davronbek Shermetov (surnay, qo'shnay, bulomon) hamda xushovoz xonanda, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Mohichehra Shomurodovalar faoliyat olib bormoqdalar.
Guruh o'zining ijrochilik faoliyatida o'zbek xalq musiqasini, bastakorlik ijodiyotini va jahon xalqlari musiqasini targ'ib etishga katta e'tibor qaratib kelmoqda. Sozandalar musiqiy asarlarni ijro etish jarayonida ularning milliy jihatlari va beqiyos xususiyatlarini ifodalab berishda talqin etishning o'ziga xos uslubini qo'llamoqdalar.
"Registon" guruhi o'z mahoratlarini Yaponiya, Belgiya, Gollandiya, Avstriya, Qozog'iston, Latviya, Litva, Misr Arab Respublikasi va jahonning bir necha mamlakatlarida namoyish etib, yuqori darajadagi tahsinlarga sazovar bo'lib, katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Jamoaning asosiy maqsadi ijroda musiqaning badiiy mazmuni, o'zbek musiqasining o'ziga xos xususiyatlari, ijrochilik san'atining beqiyos jihatlari hamda badihaviy ijro yo'nalishini ifodalab, milliy cholg'ularning betakror fazilatlarini va ijrochilik imkoniyatlarini musiqa shinavandalariga yetkazib berishdan iboratdir.
Guruh 3 ta CD albomi chiqardi:
CD 1, 2005 y.
CD 2, 2006 y.
CD 3, 2009 y. Shveytsariyaning O'zbekistondagi hamkorlik byurosi ko'magida chiqarilgan.
"Registon" guruhi bir necha Xalqaro hamda Respublika miqyosidagi tadbirlarda qatnashdi. Jumladan:
2009 y. - "BUYUK IPAK YO'LI BO'YLAB MUSIQIY SAYOHAT" Xalqaro festivalida (Yaponiya);
2008 y. - Xalqaro musiqa festivalida (Misr Arab Respublikasi);
2008 y. - Xalqaro proektda (Litva);
2008 y. - Xalqaro proektda (Latviya);
2008 y. - "Dala Duman" Xalqaro proektida (Qozog'iston);
2007 y. - "BUYUK IPAK YO'LI: kecha, bugun, ertaga" Xalqaro Forum festivalida (Toshkent);
2006 y. - Amerika Qo'shma Shtatlari musiqa-ijrochisi, kompozitor Adam Klippl bilan Hamkorlikdagi "ADAM KLIPPLE (piano.organ.keyboards) (USA) and "REGISTAN" group (ud, kanun, g'ijjak, doyra)" Xalqaro proektida (Toshkent);
2006 y. - "Omnibus Laboratorium" Markaziy Osiyo yosh kompozitorlari uchun "Omnibus" ansambli bilan o'tkazilgan II Xalqaro "MASTER KLASS"da (Toshkent);
2006 y. - "HOLLEN-FAHRT, WIENER MOZARTJAHR 2006" Xalqaro festivalida (Avstriya);
2006 y. - Gollandiyada o'tkazilgan Xalqaro yarmarkada;
2006 y. - O'zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi tomonidan "O'zbek fotografiyasining 125 yilligi"ga bag'ishlab o'tkazilgan Xalqaro ko'rgazmadasida (Belgiya);
2005 y. - "Sharq taronalari" Xalqaro festivali doirasida o'tkazilgan "OSWMF 2005" I Xalqaro musiqa yarmarkasida (Samarqand);
2005 y. - Fond forumning "Sharq taronalari" Xalqaro festivali doirasida o'tkazilgan "O'zbek fotografiyasining 125 yilligi" ko'rgazmasining taqdimotida (Samarqand).
1966 yilda tug'ilgan;
2002 y.dan Hozirgacha O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Xalq cholg'ulari" kafedrasining dotsenti, "Sharq musiqasi" fakulteti dekani;
1992-2002 y.y. O 'zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi D.Zokirov nomli xalq cholg'ulari orkestri sozandasi;
1996-1998 y.y. M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi assistent-stajyori;
1992-2006 y.y. "So'g'diyona" O'zbek davlat xalq cholg'ulari kamer orkestrining oliy toifali sozandasi;
1992 y. Yosh ijrochilarning V Respublika tanlovi laureati (I mukofot);
1985-1992 y.y. M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi talabasi;
1984 y. Yosh ijrochilarning III Respublika tanlovi diplomanti;
1979-1985 y.y. R.Glier nomidagi musiqa maktab-internat o'quvchisi;
Zulxorbek Turapov "So'g'diyona" o'zbek davlat xalq cholg'ulari kamer orkestri tarkibida AQSH (2002), Misr Arab Respublikasi (1997,1998), Fransiya (1998), Ispaniya (1996), Germaniya (1995, 1997, 1999), Qozog'iston (1995), Rossiya (1994) davlatlarida o'tkazilgan Xalqaro festivallar ishtirokchisi hamda horijiy davlatlarning (Hindiston, Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH) musiqachilari bilan O'zbekistonda o'tkazilgan Xalqaro proyektlar ishtirokchisi.
1964 yilda tug'ilgan;
2005 y.dan O'zbekiston davlat konservatoriya "Xalq cholg'ulari" kafedrasi katta o'qituvchisi;
2004 y. "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" Faxriy unvon sohibi;
2000-2006 y.y. "So'g'diyona" o'zbek davlat xalq cholg'ulari kamer orkestrining oliy toifali sozandasi;
1988-2000 y.y. O'zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi D.Zokirov nomli xalq cholg'ulari orkestri sozandasi;
1988 y. Yosh ijrochilarning V Respublika tanlovi laureati (I mukofot);
1983-1988 y.y. M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi talabasi;
1979-1983 y.y. Xamza nomidagi musiqa kolleji o'quvchisi;
Komiljon Shermatov "So'g'diyona" o'zbek davlat xalq cholg'ulari kamer orkestri tarkibida AQSH (2002), Germaniya (1999) davlatlarida o'tkazilgan Xalqaro festivallar ishtirokchisi hamda horijiy davlatlarning (Hindiston, Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH) musiqachilari bilan O'zbekistonda o'tkazilgan Xalqaro proyektlar ishtirokchisi.
1964 yilda tug'ilgan;
1995 y. Yu. Rajabiy nomidagi Maqom ijrochilarining Xalqaro tanlovi g'olibi (Gran pri);
1993 y.dan O'zbekiston davlat konservatoriyasi "An'anaviy ijrochilik" kafedrasi-ning katta o'qituvchisi;
1989-1993 y.y. M.Qori-Yoqubov nomidagi davlat filarmoniyasi artisti;
1987-1989 y.y. Xamza nomidagi musiqa kolleji o'qituvchisi;
1983-1988 y.y. M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi talabasi;
1979-1983 y.y. Xamza nomidagi musiqa kolleji talabasi;
O'tkir Qodirov gastrol safarlari bilan Tailand (2002), Italiya (1999), Angliya (1998), Fransiya (1998), Janubiy Koreya (1994), Gollandiya (1997), Isroil (1996), Turkiya (1991, 1994, 1996), Hindiston (1991), AQSH (1990, 2000, 2004), Chexoslovakiya (1988), Yugoslaviya (1987) kabi davlatlarda bo'lgan.
1968 yilda tug'ilgan;
2009 y.dan hozirgacha Toshkent madaniyat kolleji o'qituvchisi;
1991-2006 y.y. "So'g'diyona" O'zbek davlat xalq cholg'ulari kamer orkestrining oliy toifali sozandasi;
1992 y. Yosh ijrochilarning V Respublika tanlovi laureati (I mukofot);
1988-1994 y.y. T.Jalilov nomidagi xalq cholg'ulari orkestri sozandasi;
1988-1993 y.y. M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi talabasi;
Nazira Tursunova "So'g'diyona" o'zbek davlat xalq cholg'ulari kamer orkestri tarkibida AQSH (2002), Misr Arab Respublikasi (1997,1998), Fransiya (1998), Ispaniya (1996), Germaniya (1995, 1997, 1999), Qozog'iston (1995), Rossiya (1994) davlatlarida o'tkazilgan Xalqaro festivallar ishtirokchisi hamda horijiy davlatlarning (Hindiston, Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH) musiqachilari bilan O'zbekistonda o'tkazilgan Xalqaro proyektlar ishtirokchisi.
1987 yilda tug'ilgan;
2006 y.dan O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Sharq musiqasi" fakulteti talabasi;
2006 y.dan T.Sodiqov nomidagi musiqa maktabi o'qituvchisi;
2005 y. Yosh ijrochilarning V Respublika tanlovi laureati (I mukofot);
2003-2006 y.y. Xamza nomidagi musiqa kolleji o'quvchisi;
2001 y. "T.Inog'omov" nomidagi "Zarb -2006" Respublika tanlovi laureati.
1983 yilda tug'ilgan;
1998-2003 y.y. F.Harratov nomidagi Horazm san'at kolleji o'quvchisi;
2007 y.dan O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Sharq musiqasi" fakulteti talabasi.
1988 yilda tug'ilgan;
2003-2006 y.y. Buxoro sa'nat kolleji o'quvchisi;
2005 y. Maqom ijrochilarining respublika tanlovi g'olibi; (I mukofot);
2006 y. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti g'olibasi;
2006 y.dan O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Sharq musiqasi" fakulteti talabasi.